Toshkentda “avtoshina olib kelishni” va’da qilgan firibgarga jinoyat ishi ochildi

Avtomobil shinalarini olib kelishni va’da qilib, va’dasida turmagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkentda avtomobil shinalarini olib kelishni va’da qilgan firibgarga jinoyat ishi ochildi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBga 27 yoshli Asrol K. murojaat qilib, 2019-yilning noyabr oyida unga Polshadan avtomobil shinalarini olib kelishini va’da qilgan va “xizmati” uchun 40.000 AQSh dollari olgan 46 yoshli Alisher Sh.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Alisher Sh. va’dasiga xilof tarzda pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.