Toshkentda avtobus “stolba”ga urildi – 5 kishi jarohatlandi

17T-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus Uchtepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yog‘ochga kelib urilgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Bugun, 25-noyabr kuni ertalab soat 07:40 atrofida 17T-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, 18-Avtobus saroyiga qarashli bo‘lgan davlat raqami 01 467 UAA bo‘lgan, "ISUZU" rusumli avtobus Beshqayrag‘och ko‘chasi bo‘ylab, Kichik halqa yo‘li tomon boshqarib ketish chog‘ida, Uchtepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yog‘ochga kelib urilgan.

Natijada haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, shundan so‘ng darhol barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

"Toshshahartransxizmat" AJ Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.