TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
25 noyabr coat 13:00 ga qadar 59 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 098 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: Andijon (3 nafar), Buxoro (5), Jizzax (5), Qashqadaryo (5), Namangan (6), Sirdaryo (12), Toshkent (23) viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 69 302 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 2 191 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 605 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 59,8 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 38,3 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (12,6 mln), Hindistonda (9,2 mln), Braziliyada (6,1 mln).