"Bu haqda gaplashish muhim": Megan Markl bolasini yo‘qotgani haqida so‘zladi

Megan Marklning so‘zlariga ko‘ra, kulfat va og‘riq bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish muhim ahamiyatga ega, chunki bu o‘sha qayg‘u yukini yengillashtirishga va suyanch topishga yordam beradi
Sputnik

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Britaniya shahzodasiGarrining turmush o‘rtog‘i Megan Markl yaqinda bolasidan judo bo‘ldi, u bu haqda The New York Timesdagi kolonkada ma’lum qilgan.

Hamma "shok"da: Yelizaveta II taxtni bo‘shatishdan bosh tortdi

Ma’lum bo‘lishicha, bu iyul oyida yuz bergan, ammo gersoginya Sassekskayaning homiladorligi o‘sha vaqtda keng jamoatchilikka ma’lum qilinmagan edi.

"O‘g‘limni karavot ostidan olib chiqish oldidan sochlarimni "xvost" qilib yig‘dim. Uning tagligini almashtirib, keskin titroqni his qildim. Men u bilan polga yotib, ikkimizni ham tinchlantirish uchun alla ayta boshladim, ammo kuyning ohangi ich-ichimdan sezayotgan havotirli tuyg‘uga sira mos emasdi. Birinchi farzandimni bag‘rimga mahkam quchgan vaqtimda, ikkinchisini yo‘qotayotganimni angladim. Oradan bir necha soat o‘tgach, kasalxona koykasida turmush o‘rtog‘imning qo‘lidan ushlagancha yotardim. Men uning yopishqoq kaftini sezardim, ko‘z yoshlarimiz yomg‘iridan nam bo‘lib ketgan barmoqlari bo‘g‘inlaridan bo‘sa oldim",  deb yozadi Megan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kulfat va og‘riq bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish muhim ahamiyatga ega, chunki bu o‘sha qayg‘u yukini yengillashtirishga va suyanch topishga yordam beradi

Megan Markl va shahzoda Garri farzandini ilk marotaba ommaga ko‘rsatdi – foto

"Xonadagi yuz ayoldan 10-20 nafari bolasidan hali u tug‘ilmay judo bo‘lgan. Ammo, ushbu og‘riqning lol qoldiruvchi umumiyligiga qaramasdan, u haqda gapirish (mutlaqo asossiz) uyatga qorishib ketgan tabuligicha qolmoqda, farzandini yo‘qotgan ayol bu mushkulotni tanho yengishga hukm qilinmoqda", - deya xotima qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning may oyida britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl va nihoyat yangi tug‘ilgan farzandlarini ko‘rsatishgan edi.

Megan Marklning o‘g‘li - Archi Mauntbetten-Vindzor taxt vorislari liniyasida yettinchi o‘rinni egalladi, u qirolicha Yelizaveta ikkinchining sakkizinchi evarasidir.