Bayden o‘z prezidentligining birinchi 100 kuni haqida gapirdi

Oxirgi sutka davomida AQShning bir yo‘la uchta muhim ahamiyatga ega shtatlari - Pensilvaniya (20 saylovchi), Michigan (16) va Nevada (6) - Baydenning g‘alaba qozonganini tasdiqladi
Sputnik

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. AQSh prezidentligida o‘zining g‘alabasi haqida e’lon qilgan Jo Bayden, o‘z prezidentligining birinchi yuz kunini migratsiyaga oid islohotlar va koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlashini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Pushkov: Bayden “saylovlarni o‘g‘irlagan” prezidentiga aylanishi mumkin

"Men senatga immigrantlar haqidagi qonunni yo‘llayman, bu hujjat 11 million nafar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan insonlarga fuqarolikni olishga yo‘l ochadi", - deb aytgan Bayden NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Siyosatchi, shuningdek, amaldagi prezident Donald Trampning ayrim qarorlarini bekor qilish niyatida ekanligini qo‘shimcha qilgan. Baydenning fikricha, ushbu qarorlar iqlim va insonlar salomatligiga ziyon yetkazgan.

Bayden, shuningdek, Trampga nisbatan surishtiruv o‘tkazish tashabbusini ilgari surmasligini, va jamiki harakatlarini amerika jamiyatiga o‘ziga nisbatan ishonchni qaytarishga yo‘naltirishini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, siyosatchi, u hukmronlik qiladigan yillar Barak Obamaning "uchinchi muddatiga" aylanmasligini aytgan. Bayden Obama davrida sakkiz yil davomida vitse-prezident lavozimini egallagan.

"Biz mutlaqo boshqa dunyoga ro‘baro bo‘ldik. Prezident Tramp landshaftni o‘zgartirib yubordi. Endi bu "Yolg‘iz Amerika", - deb qo‘shimcha qilgan Bayden.

AQShning bo‘lajak birinchi xonimi Jill Bayden

AQSh prezidentligiga saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan, ammo uning yakunlari hozircha e’lon qilingani yo‘q. Amerika OAV ma’lumotlariga ko‘ra, demokratlar partiyasidan bo‘lgan nomzod g‘alaba uchun saylovchilarning yetarlicha ovoziga ega bo‘lgan. Dunyoning ayrim yetakchilari Baydenni davlat rahbari lavozimiga saylangani bilan muborakbod etishga ulgurdilar.

Oxirgi sutka davomida AQShning bir yo‘la uchta muhim ahamiyatga ega shtatlari - Pensilvaniya (20 saylovchi), Michigan (16) va Nevada (6) - Bayden g‘alaba qozonganini tasdiqladi.

Tramp o‘z raqiblarini "saylovni o‘g‘irlash"ga harakat qilganlikda ayblamoqda. Prezident advokati Rudi Juliani saylovlar davomida bo‘lgan qonunbuzarliklar tizimli xarakterga ega bo‘lganini tasdiqladi. Shu bilan birga Oq uyning amaldagi xo‘jayini Baydenga hukumatni topshirishga tayyorgarlik ko‘rish buyrug‘ini bergan.

AQShning navbatdagi rahbari 2021-yilning 20-yanvarida qasamod qilishi kutilmoqda.