TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Respbulikaning bosh archasi o‘tgan yilgi singari Unusobod tumanidagi "Saylgoh" maydonida o‘rnatilmoqda. Archaning balandligi ham bu yil o‘zgarmaydi - o‘tgan yilgi singari 36 metrni tashkil qiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga mutasaddilar.
Ularning aytishicha, archani to‘liq bezatish ishlari 20-dekabrga qadar yakunlanadi. Shuningdek, tez kunda Xitoydan yangi installyatsiyalarning olib kelinishi kutilmoqda.
"Archaning bo‘yi o‘tgan yilgi singari 36 metr bo‘ladi. O‘yinchoqlar ham o‘tgan yilgi miqdorda bo‘ladi. Pandemiya tufayli bu yil bezak ishlarida katta o‘zgarishlar qilinmadi", - deb xabar qildi archaning bezatish ishlariga mas’ul xodimlardan biri.
Katta archadan tashqari, har doimgidek, bosh archaning chor atrofiga suratga tushishga ishqibozlar uchun maydaroq archalar ham o‘rnatilmoqda.