O‘zbekistonda koronavirus: yangi holatlar

O‘zbekistonda yana 73 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 920 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

24 noyabr coat 13:00 ga qadar 73 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 920 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, Jizzax viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar, Toshkent viloyatida 36 nafar, Toshkent shahrida 10 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 69 118 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 197 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

1 nafar bemor vafot etdi. O‘zbekistonda jami 605 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 59,2 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 37,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (12,4 mln), Hindistonda (9,2 mln), Braziliyada (6,1 mln).