Issiqxonalar kuz-qishda gazdan boshqa yoqilg‘idan foydalanishi kerak - energetika vazirligi

Issiqxonalar kuz-qish mavsumida muqobil energiya turiga o‘tishi ular bilan tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan - vazirlik.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Gaz iste’moli keskin oshadigan kuz-qish davrida issiqxonalar muqobil yoqilg‘i ta’minotiga ega bo‘lishi kerar, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Energetika vazirligi.

"Butun yil davomida bo‘lmasa ham, kuz-qish davrida ular yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanishi va shartnomada nazarda tutilganidek, ularga mos keladigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak", - deyilgan vazirlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin issiqxonalarga gaz yetkazib berish to‘xtatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi. Energetika vazirligi ushbu tartib issiqhonalar bilan ishlash shartnomasida nazarda tutilganini aytib o‘tdi. 

Issiqxona xo‘jaliklari tabiiy gazning mavsumiy iste’molchilari bo‘lib, bu haqda gaz ta’minoti tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarida o‘z aksini topgan. Hujjatlarga ko‘ra, kuz-qish davrida mavsumiy iste’molchilar kamida uch oy davomida foydalanishi uchun muqobil yoqilg‘i – ko‘mir mahsulotlari zahirasiga ega bo‘lishlari kerak, - deyilgan vazirlik izohida.