Dollar va yevro tepaga: valyutalar kursi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 23,93 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 24-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 23,93 so‘mga ko‘tarilib, 10 414,86 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 50,18 so‘mga yuqoriladi va 12 344,73 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli 2,35 so‘mga ko‘tarildi va 136,69 co‘mni tashkil qildi.