AQSh ishtirok etmasa Ochiq osmon shartnomasining ahamiyati qolmaydi - Pushkov

Rossiya TIVi Vashingtonning ochiq osmon shartnomadan chiqishini - “haqiqiy ikkuzlamachilik” va “publikaga o‘ynash” deb atashdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov AQShning ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini izohladi. Senator fikriga ko‘ra AQSh ishtirok etmasa bu shartnomaning ahamiyati qolmaydi.

“Axir NATO mamlakatlari olingan ma’lumotlarni AQShga bermasligiga hech qanday kafolat yo‘q Olingan ma’lumotlar albatta, darhol Vashingtonga yuboriladi”, - dedi Pushkov.  

AQSh 22-noyabrdan Ochiq osmon haqidagi shartnomadan chiqdi. Rossiya TIV xulosasiga ko‘ra, bundan na Yevropa, na AQSh yoki uning ittifoqchilari xavfsizligiga foyda bo‘ladi. Vashington pozitsiyasini diplomatlar “haqiqiy ikkuzlamachilik” va “publikaga o‘ynash” deb atashdi.

Bundan buyon Moskva ushbu Shartnomaning qolgan 34 nafar a’zolaridan shartnoma doirasida olingan ma’lumotlarni, Rossiya hududining fotosuratlarini AQShga bermasliklarni qat’iy talab qiladi, - degan edi Rossiya TIV.   

Ochiq osmon haqidagi shartnoma 1992-yilda imzolangan bo‘lib v 2002-yilda kuchga kirgan edi. Shartnomaga a’zo davlatlar o‘zaro kelishilgan holda a’zo dalatlari qurol-aslahalari va harbiy kuchlari haqiada ma’lumot to‘plash imkonini beradi. Asosiysi – ushbu Sharnomaga muvofiq qurollanmagan razvedkachi samolyotlar a’zo davlatlar hududi ustida uchib o‘tib aerofotosuratlar olishi mumkin.