Tuxum shaklidagi yangi samolyot eng tejamkor bo‘lishi kutilmoqda

Otto Celera 500 ning ixtirochilari uni so‘nggi 50-yilda aviatsiya sohasida erishilgan eng katta yutuq deb atashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. AQShda yaqinda g‘ayrioddiy samolyotning parvoz sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Otto Celera 500L - boshqa samolyotlarga umuman o‘xshamagan bo‘lib, u ko‘proq suv osti kemasini yoki tuxumni eslatadi.

Otto Celera 500 samolyotining dastlabki suratlari 2017-yilda paydo bo‘lgan edi. Oradan ikki yil o‘tib uning parvoz sinovlari yakunlandi va kompaniya rasman ma’lumotlarni ochiqladi. Sinov natijalaridan kelib chiqqan holda, Otto Celera 500Lning ixtirochilari uni "so‘nggi 50-yilda aviatsiya sohasida erishilgan eng katta yutuq" deb atashmoqda.

Tuxum shaklidagi yangi samolyot eng tejamkor bo‘lishi kutilmoqda

Texnik xususiyatlar

Maksimal uchish uzoqligi – 8300 km

Maksimal uchish tezligi – 740 km

Samolyot yonilg‘i sarfi 100 km parvoziga - 9-13 litr 

Kabina – 6 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan

Otto Aviation mutaxassislari aytishiga qaraganda, ushbu samolyotning ekspluatatsion xarajatlari soatiga 328 dollarni tashkil qiladi. Misol uchun, xuddi shunday o‘lchamdagi zamonaviy biznes jetlar xarajati soatiga 2100 $ dan ortiq. Samlolot juda yaxshi balanslangan og‘irlik markaziga va aerodinamik xususiyatga ega - uning dvigatelsiz parvoz qilish imkoniyati 22*1ni tashkil qiladi, ya’ni u o‘chgan dvigatel bilan 10km balandlikdan 200 km masofagacha yetib borishi mumkin. 

Xo‘sh nimaning evaziga ushbu samolyot bunday g‘aroyib xususiyatlarga ega bo‘ldi?

Dvigatel 

Samolyot yagona dvigatelga ega bo‘lib, u ham orqa tomonida joylashgan. Aviatsiya sohasida  bunday joylashuv bir necha ustuvorliklarga ega: birinchidan samolyot juda kam shovqinli bo‘ladi, ikkinchidan bu yonilg‘i tejarkorliga xizmat qiladi.

Tuxum shaklidagi yangi samolyot eng tejamkor bo‘lishi kutilmoqda

Celera 500 o‘zining zamonaviy qarindoshlaridan farqli ravishda reaktiv dvigatel emas 12 silindrli V-shaklidagi  turbo motor bilan jihozlanadi. RED A03 deb nomlanuvchi ushbu motor aviatsiya sohasiga yaxshi tanish. Uni rossiyalik aviainjener Vladimir Rayxlin yaratgan. Ushbu dvigatelning asosiy xususiyati – uning mutlaq ishonchliligidadir. RED A03 dvigatelining ikki yarimtasi (6ta silindr) har biri o‘zining alohida yonilg‘i, sovutish va boshqaruv elektron tizimlariga ega bo‘lib, parvoz vaqti ularning bir qismida nosozlik yuz bersa samolyot dvigatelning ikkinchi yarmi yordamida eng yaqin eroportga qo‘nishi imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, reaktiv dvigatelga qaraganda RED A03 parvozning har bir soati uchun 8 baravar kam yonilg‘i sarflaydi. 

Aerodinamika 

Lekin Otto Celera 500ning eng asosiy xususiyati – uning aerodinamikasida, deyishmoqda samolyot ixtirochilari. Gap shundaki, samolyot katta tezlikda harakatlanganda uning atrofidan juda katta miqdorda havo oqimlari sirpanib o‘tadi (laminar oqimlar). Shu sababli samolyot ustidan bo‘rttib chiqib turuvchi har qanday qism ushbu havo oqimlarining tartibsiz harakatlanishiga, samolyot yuzasida turli aylana xarakatlar (vixr) paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu tartibsiz oqimlar esa, o‘z navbatida samolyotni sekinlashtirib, ortiqcha energiya sarflashga olib keladi.

Tuxum shaklidagi yangi samolyot eng tejamkor bo‘lishi kutilmoqda

Aynan shu sababli ixtirochilar Otto Celera 500 yuzasini mutlaq silliq qilib yaratishgan. Buning uchun ular hatto samolyot shassisini ham to‘liq korpus ichiga yashirinadigan qilishga. Shuningdek samolyot qanotlarini ham imkor qadar kichikroq va yupqaroq qilib yasashga, uchuvchi kabinasi oynalarini ham korpus bilan tekis qilib yasashgan. Natijada samolyot sirtidan o‘tadigan laminar oqimlarning mutlaq silliq, bir tekis oqib o‘tishiga erishilgan.  

Kompaniya xabariga ko‘ra, ayni damda Celera 500L 31ta sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘zining aerodinamik va yonilg‘i samaradorligini to‘liq oqlagan. Hozirgi kunda uni sertifiktlash ishlari olib borilmoqda. Sertifikatlash ishlari yakunlanganidan so‘ng samolyotni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Otto Aviation lastlabki “tuxumlar”ni buyurtmachilarga 2025-yilda yetkazib berishni va’da bermoqda.

Tuxum shaklidagi yangi samolyot eng tejamkor bo‘lishi kutilmoqda