Nur-Sultonda kafe portladi - video

Shanba kuni Nur-Sultondagi kafelardan birida gaz balloni portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 1 kishi qurbon bo‘lgan 33 kishi jabrlangan.
Sputnik

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahridaga kafelardan birida gaz bolloni portladi, deb xabar qilmodqda Sputnik Qozog‘iston. 

Ma’lum bo‘lishicha, portlash shanba kuni Chubari mikrorayonidagi kafega aylantirilgan kottedjlaridan birida sodir bo‘lgan. Portlash haqida favqulodda xizmatlarga soat 12:25 da  xabar berilgan. Hodisa oqibatida 1 kishi qurbon bo‘lgan 33 kishi jabrlangan.

Shahar akimi Altay Kulginov voqea sabablarini o‘rganishni va jabrlanganlarga yordam berishni topshirdi. 

"Favqulodda hodisa sabablarini o‘rganish uchun mxsus komissiya tuzilgan. Voqea joyida operativ shtab tashkil etilgan. U yerda mutaxassislar jabrlanganlarga ruhiy yordam ko‘rsatmoqda va kerakli ma’lumotlarni bermoqda", - deb yozib qoldirgan Kulginov ijtimoiy tarmoqda.  

Ushbu hodisadan so‘ng shahar akimi barcha jamoat oshxonalarini yong‘in xavfsizli choralariga amal qilinayotganini tekshirishni topshirdi.