"Sputnik V" Vengriyada: rus vaksinasi YeIdagi birinchi davlatga yetib bordi

Tez orada venger mutaxassislari preparatning qator laborator va klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni rejalashtirishmoqda. "Sputnik V" — jahonda COVID-19 ga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir. Vaksinani Rossiyaning Gamaleya nomidagi markazida ishlab chiqishgan.
Sputnik

Vengriyaga Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi yetkazib berildi. Vengriya RFdan COVID-19ga qarshi tibbiy preparatni olgan Yevropa Ittifoqidagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

"Sputnik V" vaksinasi samaradorligi 92%ni tashkil qildi

Dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksinaning namunalari Budapeshtga 19-noyabrda yetkazib berildi. Tez orada venger mutaxassislari preparatning qator laborator va klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.

Tadqiqotlardan so‘ng preparatdan foydalanish va litsenziyalash borasida qaror qabul qilinadi.

"Sputnik V" — koronavirus infeksiyasiga qarshi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksinadir. Uni Rossiyaning Gamaleya nomidagi markazida ishlab chiqishgan.

Kompleks ekspertiza qachon boshlanishi haqida bizning videoda tomosha qiling.