Rossiya "Migratsiya markazi" rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

"Migratsiya markazi" rahbariyati tashrifi joriy yilning 23-noyabr kunigacha davom etadi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha xabar beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi "Ko‘p funksiyali migratsiya markazi" rahbari Sergey Baldin markazning O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish masalalarini muhokama qilish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Tashrif doirasida Sergey Baldin, uning o‘rinbosarlari Oleg Nujdin va Irina Yermilova, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishgan.

Shu kuni Rossiya tomoni vakillari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati bilan uchrashib, Agentlik binosida "Migratsiya markazi" davlat budjet tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish va quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

Rossiya ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor: kimlarga ruxsat beriladi

Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni ushbu davlatga kirib borishida taqiq bor-yo‘qligini tekshiradi;

Patent olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda to‘liq ko‘maklashadi;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatishda operator vazifasini bajaradi.

"Migratsiya markazi" rahbariyati tashrifi joriy yilning 23-noyabr kunigacha davom etadi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha xabar beriladi.