To‘raqo‘rg‘on IESda avariyali o‘chish sodir bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi favqulodda o‘chishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi energotizimida 750 mVt quvvat yo‘qotildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Bugun Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on IESda avariyali o‘chish sodir bo‘ldi.

To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushdi

"Bugun soat 15.45 da To‘raqo‘rg‘on IESda ishlab turgan ikkala agregatimiz 750 MVt yo‘qotib, avariya holatida to‘xtadi", - deya izoh berdi "Namangan HETK" AJ operativ dispetcherlik xizmati boshlig‘i Muxammadali Iriskulov. 

Ta’kidlanishicha, buning natijasida Namangan viloyatining ko‘plab hududlarida elektr energiyasida uzilish sodir bo‘lgan.

"27ta 110 kVt tarmoqlari favqulodda holatda o‘chib ketdi", - dedi Irisqulov.

Shu vaqtdan keyin Rossiya va O‘zbekiston energiya tizimini bog‘lovchi 500 kVtli 530-liniya ham 1500-1700 MVt bilan ishlab turgan vaqtida zo‘riqish natijasida energiya tizimidan uzilgan.

"Hozirda Rossiya energiya tizimi va O‘zbekiston energiya tizimi uzilgan holatda ishlamoqda. Favqulodda o‘chish sabablari mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda", - dedi "Namangan HETK" AJ operativ dispetcherlik xizmati boshlig‘i.