TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Noqulay ob-havo sharoiti sababli 19-noyabr sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda "Toshkent avtovokzali" matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan (71) 207-87-00 telefon raqami orqali tanishish mumkin.
Avvalroq "O‘zgidromet" Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turishi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda 18-noyabrda boshlangan noqulay ob-havo sharoiti yana ikki kun davom etishi mumkin.
19 noyabrda esa mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan; 20-noyabr soat 08:00 gacha Chimon tog‘ zonasi (dengiz sathidan 2000m balandlik)da qor ko‘chki xavfi e’lon qilingan.