VEB.RF O‘zbekiston neft-gaz sohasiga 650 million dollar sarmoya kiritishga tayyor

VEB.RF Rossiya banklari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda uglevodorodlar qazib olishning ikkinchi bosqichiga sarmoya kiritishga tayyor.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Rossiyaning VEB.RF kompaniyasi O‘zbekistonda uglevodorodlar qazib olish sohasiga sarmoya kiritishga tayyor,deb xabar qilmoqda davlat korporatsiyasi matbuot xizmati.

"VEB.RF Rossiya banklari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan uglevodorod xom-ashyosi qazib olishning ikkinchi bosqichiga sarmoya kiritishga tayyor. Rejalashtirilayotgan sarmoyalar miqdori 650 million dollarni tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu haqidagi memorandum “O‘zbekneftgaz” hamda VEB kompaniyasi rahbariyati orasida imzolangan. Rossiya tomonidan ushbu hujjatga VEB raisi o‘rinbosari Daniil Algulyan va O‘zbekiston tomonidan "O‘zbekneftegaz" boshqaruv raisi Mexriddin Abdullayev imzo chekishgan.

“O‘zbekiston Respublikasi – VEB kompaniyasining bir qator yirik loyihalar bo‘yicha eng yirk hamkorlaridan biri. VEB bilan hamkorlikda O‘zbekistonga Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Endi biz O‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqchimiz”, - dedi Algulyan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekiston Resbulikasi hamda VEB kompaniyasi rahbariyati umumiy qiymati 40 million yevro bo‘lgan Rossiya yuqor texnologiyali mahsulotlarini yetkazib berish haqida shartnoma imzolagan edi. Ushbu mahsulot “O‘zneftgaz” ishlab chiqarish obyektlari uskunalarini yangilashga mo‘ljallangan.