Rossiyadagi migrantlarning patentlari muddati pandemiya yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin

Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya e’lon qilishni taklif etdi
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Migrantlarning Rossiya hududida bo‘lib turishlariga ruxsat koronavirus pandemiyasi yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin, deb xabar qildi RF inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova.

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Bunday bayonot bilan Moskalkova Yevroosiyo alyansining IV yig‘ilishida chiqish qilgan.

"Agar pandemiya davom etadigan bo‘lsa, ichki ishlar vaziriga u bizni pandemiya yakuniga qadar qo‘llab-quvvatlashini so‘rab murojaat qilishga qaror qildik", - dedi u.

Bundan tashqari, ombudsman chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya e’lon qilishni taklif etdi.

"Bunday chora RF hududida noqonuniy yoki qisman noqonuniy holatda bo‘lib turgan migrantlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu migrantlarning ommaviy davlat registratsiyasidan o‘tkazilishlariga yordam beradi", - deb hisoblaydi Moskalkova.

Bundan tashqari, chet elliklar tomonidan jinoyat sodir etilmagani amnistiyaning muhim shartlaridan biri bo‘lishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi ombudsman.

Tver viloyatida migrantlar uchun patent narxi oshiriladi

O‘z chiqishi yakunida Moskalkova chet ellik ombudsmanlarini mamlakatda bo‘lish to‘g‘risidagi hujjatlarni uzaytira olmaydigan migrantlarning chiqarib yuborilishiga qarshi choralarni ishlab chiqishga chaqirdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus tufayli vataniga bora olmayotgan migrantlarning vizalari, mehnat patentlari, yashash uchun ruxsatnomalari va boshqa hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida farmon imzolagan edi. Ushbu qaror 2020-yilning 15-dekabrigacha amal qiladi.

Yaqinda RF Hukumat rahbari Mixail Mishustin mamlakatdagi kompaniyalarda xodimlar bilan bir qatorda ishlashi mumkin bo‘lgan chet el migrantlari ulushini tasdiqlagan edi. Unga ko‘ra, chet elliklarning aksariyati (80%i) qurilish, 70%ga yaqini - ko‘chmas mulk sohasida ishlashlari, 50%ga yaqini esa sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanishlari mumkinligi aytildi.