O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi KPP ochildi

Ayni vaqtda respublikalar o‘rtasida 20ta o‘tkazish punktlari mavjud bo‘lib, ularning 16tasi So‘g‘d viloyatida joylashgan
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi chegara o‘tkazish punkti ochildi.

KPPga bevosita u joylashgan aholi yashash punkti nomi sharafiga "Sadjidzor" deya nom berildi. Ushbu toponim tarjimada "jiydaga boy joy" ma’nosini anglatadi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi KPP ochildi

KPP So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Axmadzod va Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodlar tomonidan tantanali ravishda ochildi.

Yangi nazorat-o‘tkazish punkti qurilish ishlari uch yil oldin So‘g‘d viloyati budjeti hisobidan boshlangan.

Bu yerda barcha zarur infratuzilma: kazarmalar, o‘quv joylari, oshxonalar, harbiy texnika skladlari mavjud.

Ta’kidlash joizki, ikkala respublika o‘rtasida 20 o‘tkazish punktlari mavjud bo‘lib, ularning 16tasi So‘g‘d viloyatida joylashgan