Qizil Toshkent: O‘zbekiston poytaxtida qor tufayli ko‘chalarda harakat to‘xtab qoldi

"Yandeks.Karti" xizmati poytaxt ko‘chalarida o‘n ballik tirbandlik yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda. Poytaxtdagi birinchi qor tufayli avtomobil yo‘llari haqiqatan falaj holatga keldi
Sputnik

TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Bugun, 18-noyabrda O‘zbekiston poytaxtida yoqqan qor tufayli Toshkent ko‘chalari "to‘xtab qoldi".

"Yandeks.Karti" xizmati avtomobil yo‘llarida o‘n ballik tirbandlik yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda.

Toshkentda birinchi qor yog‘di – video

"Mashinalar odamlar kabi yuraptimi", - deya hayratini yashirmaydi yoshgina talaba qiz Nigora. Chindan ham, jamoat transportlari qatnovi sustlashgan, avtomobillar ham deyarli odamday odimlar edi.

Tirbandlik kuchliligidan ayrim avtobuslar bekatlarda to‘xtamadi, yo‘lovchilar juda sekin harakatlanayotgan avtobusga chiqishga majbur bo‘lgan holatlar ham kuzatildi.

"Hech kim bunday bo‘lishini kutmagandi, qor yaxshi, ammo uch soat deganda o‘z manzilimga yetib oldim", - deya yo‘llardagi probkalarga munosabat bildiradi Muxtor ismli haydovchi.

Qizil Toshkent: O‘zbekiston poytaxtida qor tufayli ko‘chalarda harakat to‘xtab qoldi

Sinoptiklarning aytishicha, minus daraja O‘zbekiston poytaxtida yana bir necha kun ushlanib turadi.

Darvoqe, maktablardan farzandini olib qaytayotgan avtoulovli ota-onalar, qolaversa, ish bilan ko‘chaga chiqqan fuqarolar ham taksi kutib turgan yosh bolali insonlarga yordam qo‘lini cho‘zib - manzillariga bepul eltib tashlashmoqda. Yo‘llardagi besaranjomlik va taksichilarning yo‘l pulini uch karra oshirib olishgani fonida bu hamjihatlik insoniylik namunasidir.