Toshkentda birinchi qor yog‘di – video

Bugun O‘zbekistonda birinchi qor yog‘di. Sinoptiklar sovuq ob-havo yana bir necha kun davom etadi, deb xabar berishdi.
Sputnik

Favqulodda vaziyatlar vazirligi trassaning xavfli uchastkalarida qor yog‘ishi oqibatlarini bartaraf etmoqda. Qamchiq dovoni orqali harakatlanishni rejalashtirgan haydovchilar alohida ogohlantirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, respublika hududiga sovuq ob-havo Ural hududlaridan keldi.