Masofaviy ta’lim olayotgan talabalar MGUni sudga bermoqchi

To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar MGUdan oxirgi ikki semestr uchun to‘lovlarni sud orqali qaytarishni talab qilishmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar Lomonovsov nomidagi Moskva Davlat universiteti ustidan sudga kollektiv ariza bermoqchi, deb xabar qilmoqda Kommersant nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 20 nafardan ortiq talabalar MDU va Rossiya ta’lim vazirligi ustidan Moskva shahar sudiga murojaat qilishga tayyor. Ularning fikriga ko‘ra, masofaviy ta’lim joriy etilganidan so‘ng ta’lim sifati "bir necha barobar" tushib ketgan.

Xususan, talabalar OTMning onlayn tizimida tez-tez texnik nosozliklar yuz berayotganini, o‘qituvlar jamoasining onlayn darslarga tayyor emasligi, talabalar kutubxonadan foydalanish imkoniga ega emasliklari va o‘qituvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish imkoni yo‘qligi va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkonidan mahrumligidan norozi bo‘lishgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, ushbu yetishmoqchiliklar shartnomada ko‘rsatilgan kunduzgi ta’lim shakliga muvofiq emas.   

Ushbu munosabat bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar oxirgi ikkita semestr uchun oliygohga to‘langan mablag‘larni qayta hisoblab chiqishni talab qilishmoqda. Ushbu mavzuda Сhange.org portalida joylashtirilgan petitsiyani 22 ming kishi imzolagan.

Dunyo o‘zini o‘zi tartibga soladi - MDU rektori

MDU rahbariyati bunga javoban, 2020-yilning mart oyidan boshlab, bir tomondan Rossiya hukumatining karantin bilan bog‘liq talablarini bajarish ikkinchi tomondata’lim tizimining uzuluksizligini va belgilangan standartlarga mosligini saqlab qolishga qaratilgan barcha choralar ko‘rilganini xabar qilgan. 

Universitetda, shuningdek onlayn ta’lim kunduzgi ta’lim tizimining bir ko‘rinishi ekanini va MDUda pandemiyadan ancha oldin ishga tushirilgan "Chegarasiz universitet" onlayn-ta’lim tizimi  asosida muvaffaqiyatli olib borilganini xabar qilishgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hududida murakkab epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi OTMlar 13-noyabrdan 6-fevralga qadar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tgan edi.