Moldova prezident saylovida Mayya Sandu g‘olib bo‘ldi

Prezident saylovining ikkinchi turida "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbarini 56,28 % saylovchilar qo‘llab-quvvatlashdi, Igor Dodon uchun esa - 43,72 % fuqarolar ovoz berishgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Moldova prezident saylovida mamlakat ichida to‘plangan ovozlarning 100 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng sobiq bosh vazir va "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbari Mayya Sandu prezident saylovining ikkinchi turida yetakchilik qilmoqda. RIA Novosti MSQ xabariga asosan.

Moldova konstitutsion sudi prezident vakolatini bekor qildi  

Yakshanba kuni Molodova Respublikasida prezident saylovining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Unda Igor Dodon va Mayya Sandu ishtirok etishdi. "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbarini 56,28 % saylovchilar qo‘llab-quvvatlashdi. Igor Dodon uchun esa - 43,72 % fuqarolar ovoz berishgan.

Ayni damda Markaziy saylov qo‘mitasi 98,69 % ovozlarni hisoblab chiqqan. Xisobga olinmagan ovozlar xozir faqat AQSh va Kanadadagi vakolatxonalarda qolgan.

Moldova qonunchiligiga ko‘ra, saylovning ikkinchi turida ishtirokchilar miqdori belgilanmagan, qaysi nomzod eng ko‘p ovoz olsa o‘sha g‘alaba qozonadi. MSQ komissiyasi rahbari o‘rinbosari Vladimir Sharban aytishga ko‘ra  saylovning ikkinchi turi jiddiy qoidabuzarliklarsiz o‘tgan. Politsiyaga 200 ga ariza kelib tushgan.