TOShKENT, 16 noya - Sputnik. 2020/2021 o‘quv yilida rollej va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar orasida eng ko‘p tibbiyot va pedagogika sohalariga qiziqish bildirilgan.
Bu haqida bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Meliboyev ma’lum qildi.
Joriy yilning shu davriga qadar 106 981 nafar abituriyentdan hujjat kelib tushdi. Eng ko‘p qiziqish bildirilgan sohalarni tahlil qilsak, bular — tibbiyot, pedagogika, yo‘l-transport, xizmat ko‘rsatish sohalari, - dedi Meliboyev.
Shuningdek, anjumanda ma’lum qilinishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 26 ta vazirlik va idora tizimida 201 ta kollej mavjud. Belgilangan kvotaga ko‘ra, 81 325 nafar abituriyent kollejlarga qabul qilinishi kerak. Shundan 12 762 nafari davlat granti asosida, qolgan qismi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Undan tashqari 62ta OTMlar huzurida 185ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.