Dollar tepaga, yevro pastga: valyutalar kursi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 12,05 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17-noyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 12,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 390,93 so‘m tashkil qildi.

Yevro esa 27,26 so‘mga pasaydi va 12 294,55 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli 0,16 so‘mga ko‘tarildi va 134,34 co‘mni tashkil qildi.