TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Twitter’da Jo Bayden "saylovlarni o‘g‘irlagan" AQSh prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Senator ta’kidlashicha, agar AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtatida ovozlarni qayta hisoblashga erishsa, Pensilvaniyada esa g‘alaba qozonsa, u holda uning raqibi 36 ta saylashga vakil qilingan kishilarning ovozini yo‘qotadi - ular Trampga o‘tadi. Biroq, bu AQShning amaldagi rahbarining g‘alabasi uchun yetarli bo‘lmaydi - unga yana bitta shtat kerak. Shu bilan birga, senator fikriga ko‘ra, Bayden ilgari g‘olib bo‘lgan ikki shtatda ovoz berishni qayta hisoblash saylovlarni yo‘qqa chiqaradi va ularni qonuniylikdan mahrum qiladi.
"Bayden "saylovlarni o‘g‘irlagan" prezidentga aylanadi. Bunday ssenariy bo‘lishi mumkin, ammo uning prezidentligiga juda istalmagan holat", - deb xulosa qildi Pushkov.
3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. G‘olib hali rasman e’lon qilinmadi. Bir nechta shtatlarda ovozlarni hisoblash davom etmoqda. Biroq, Amerika OAV g‘alabani Jo Baydenga berdi - Fox News xabariga ko‘ra, u 290 saylashga vakil qilingan kishilarning ovozini oldi, Tramp - 232. Bayden allaqachon g‘alaba qozonganligini e’lon qildi, uni ko‘plab davlatlar rahbarlari tabrikladilar. Tramp, o‘z navbatida, saylovlar hali tugamasligini va o‘z g‘alabasini sudda himoya qilmoqchi ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u AQSh rahbari sifatida ikkinchi muddatga qolmasligi mumkinligini ham tan oldi.