COVID bu shamollashning bir turi – Ilon Mask

SpaceX kompaniya rahbari Ilon Mask koronavirusga test natijasi musbat chiqdi, u COVID-19ning “ehtimol o‘rtacha holati”ga chalingan, deb uylamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. SpaceX kompaniya rahbari Ilon Mask koronavirusga test natijasi musbat chiqdi, u COVID-19ning “ehtimol o‘rtacha holati”ga chalingan, deb uylamoqda.

"Men turli laboratoriyalardan butunlay boshqacha natijalarni olmoqdaman, ammo menda COVIDning yengil holati. Mening alomatlarim - yengil shamollash alomatlari, bu ajablanarli emas, chunki koronavirus - bu shamollashning bir turi", - deb javob berdi Ilon Mask o‘z Twitterda foydalanuvchilardan biriga.

Juma kuni Mask bir kunda koronavirusga 4ta test topshirgani, ulardan 2tasi manfiy, 2tasi musbat natija chiqqanligini aytdi. U Becton, Dickinson and Co kompaniyalari testidan foydalangan.

Keyinchalik u PSR-test sinovlarini boshqa laboratoriyada o‘tkazishga qaror qilganini, natijalar taxminan 24 soat ichida tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qildi. Undan koronavirusning biron bir alomati bormi, degan savolga Mask oddiy shamollash alomatlari borligini aytdi.