Abdulla Abdulla Toshkentga nima uchun kelgan edi?

11 noyabr kuni Afg‘oniston Milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengashining raisi Abdulla Abdulla Toshkentda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 11-noyabr kuni Afg‘oniston Milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengashining raisi Abdulla Abdulla Toshkentda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

Siyosatshunos-sharqshunos Dmitriy Verxoturov ta’kidlashicha, Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolash hozircha qoldirilmoqda - muzokaralar "juda og‘ir kechmoqda".

"O‘ylaymanki, hozirda mahalliy darajada, qo‘mondonlar o‘rtasida faol muzokaralar olib borilmoqda. Aynan shu muzokaralarda O‘zbekiston muhim rol o‘ynaydi. Afg‘onistonning shimolida ko‘plab etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi", - deydi ekspert.

Aynan shu sababli Abdulla Toshkentga tashrif buyurgan edi. Bundan tashqari, tomonlar Afg‘onistonga iqtisodiy yordam masalasini ham muhokama qilgan bo‘lishi  mumkin - bu tinchlik jarayonining muvaffaqiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan muhim masala.