Rossiya tinchlikparvar kuchlari qo‘mondoni: Tog‘li Qorabog‘da bugun o‘q ovozi eshitilmayapti

Asosiysi, tutashuv hududida barcha turdagi jangovar harakatlar to‘xtatildi, biz bugun o‘q ovozini eshitmayapmiz, vaziyat asta-sekin barqarorlashmoqda, dedi tinchlikparvar qo‘mondon.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘da hech qanday jangovar harakatlar olib borilmayapti, o‘t ochishni to‘xtatish borasida erishilgan bitim bajarilmoqda. Bu haqda Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Rustam Murodov aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

RF nazorati ostida: rossiyalik tinchlikparvar kuchlar Qorabog‘ poytaxtiga kirishdi — video

"Uch davlat rahbarlari tomonidan imzolangan, 10-noyabr kuni soat 00:00 dan (Boku vaqti bilan 01:00 - tahr.) kuchga kirgan bitimlar bugun to‘liq hajmda amalga oshirilmoqda. Asosiysi, tutashuv hududida barcha turdagi jangovar harakatlar to‘xtatilgan, biz bugun o‘q ovozlarini eshitmayapmiz, vaziyat sekin-asta barqarorlashmoqda ", - deb xabar qilgan Muradov.

U, shuningdek, markaziy harbiy okrugining 15-alohida motoo‘qchilar tinchlikparvar brigadasi, shanba, 14-noyabr kuni tutashuv liniyalari bo‘ylab barcha kuzatuv postlarini joylashtirish ishlarini to‘liq yakunlashini ma’lum qildi.

Qorabog‘ bo‘yicha Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlarining uch tomonlama bayonoti 2020-yil 10-noyabrda imzolangan. Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 2020-yil 10-noyabrda Moskva vaqti bilan 00:00 dan (Boku vaqti bilan 01:00) Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida o‘t ochish va barcha harbiy harakatlar to‘liq to‘xtatishlarini e’lon qilishdi.

Tog‘li Qorabog‘dagi urush Ozarbayjonning g‘alabasi bilan yakunlandi – Aliyev

Ushbu bitimga ko‘ra, Agdam tumani 2020-yil 20-noyabrgacha Ozarbayjon Respublikasiga qaytariladi. 2020-yil 15-noyabrgacha Kelbajar tumani, 2020-yil 1-dekabrgacha esa Lochin tumani qaytarilishi belgilangan. Shu bilan birga, tutashuv liniyasi va Lochin koridori bo‘ylab Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenti joylashtiriladi. Parallel ravisha okkupatsiya qilingan hududdan Armaniston qurolli kuchlari chiqariladi.

Yaqin uch yil ichida Armaniston va Xankendi o‘rtasidagi aloqani ta’minlash uchun Lochin koridori bo‘ylab yangi yo‘l qurilishi rejasi tuziladi. Ichki ko‘chirilgan shaxslar va qochqinlar Tog‘li Qorabog‘ hududiga va unga tutash hududlarga BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi nazorati ostida qaytib kelishadi. Iqtisodiy va transport aloqalarini blokdan chiqarish kutilmoqda. Ozarbayjonning g‘arbiy tumanlari va Naxchivan Avtonom Respublikasi o‘rtasida transport aloqalari ta’minlanadi.