Yangi cheklovlar ikkala davlat yetakchilari apparatlarining rahbar xodimlariga bevosita ta’sir qiladi. Bu haqda RF tIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Navalniy bilan bog‘liq voqeada Berlin qarori bilan bog‘liq bo‘lgan "jiddiy notushunmovchilik uchun asos bor". Bular xalqaro majburiyatlarga muvofiq kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz. YeI olti nafar rossiyalik va bitta muassasa - davlat organik kimyo va texnologiya ilmiy-tadqiqot institutiga qarshi iqtisodiy cheklovlarni kiritgan edi.
Bularning boisi go‘yoki Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq.
Nemis hukumati ta’kidiga ko‘ra, muxolifatchini "Novichok" guruhiga mansub bo‘lgan zaharli substansiya bilan zaharlashgan, ammo shu bilan birga ular bu ta’kidni isbotlash uchun birorta dalil taqdim etishmagan.
Moskvada ushbu ayblovlar rad etib kelinmoqda.