TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov AQShga rasmiy tashrif uyushtiradi.
"2020-yil 15-22-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining 8-raundida ishtirok etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi", - deyiladi TIV xabarida.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ham o‘rin olgan.