Fikrlaringizni qo‘rqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlarimizning dunyoqarashini jahon darajasiga ko‘tarish va ish bilan ta’minlash - prezident o‘zining eng katta maqsadini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib, u yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va mahalliy oshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda prezident yoshlardan o‘z fikrlari bilan qo‘rqmasdan baham ko‘rishishni so‘radi. 

- Men sizlarning ko‘zlaringga qarab, ochiq muloqot qilgani keldim. Hamma yoshlar bilan ko‘rishishni xohlardim, lekin, afsuski, buning iloji yo‘q. Siz ularning vakillari o‘rnida joylardagi muammolarni, yoshlar istaklarini aytishingizni istardim. Shuning uchun qo‘rqmasdan, o‘z ota-onalaringga nima deyishni xohlasalaring, hamma fikrlaringni bemalol aytinglar, - dedi davlat rahbari.

Uchrashuvda bugungi kunda viloyatda yoshlar duch kelayotgan qator muammolar muhokama qilindi va takliflar ko‘rib chiqildi. 

Xususan, viloyatida 26 mingdan ziyod yoshlar ishsiz, tadbirkorlik rivoji mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha pastda ekani qayd etildi.

Fikrlaringizni qo‘rqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi

Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, «Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida yillik rejaga qo‘shimcha mablag‘ ajratish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Muborak tuman yoshlarning taklifini qanoatlantirib, tumanda IT-park tashkil etish, elektron tijorat va dasturlash ko‘nikmalarini bepul o‘rgatish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi.

Kitob tumanidagi 150 o‘rinli Bolalar musiqa va san’at maktabida 310 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Mazkur muassasa o‘quvchilari uchun yetarli sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.

Fikrlaringizni qo‘rqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi

Shuningdek, viloyat maktablarida sport zallari qurish, majmualarda to‘garaklarni ko‘paytirish zarurligi aytildi. Inventarlar va anjomlar sotib olish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hisobidan 10 milliard so‘m ajratishga ko‘rsatma berildi.

Uchrashuv   davomida prezident o‘zining yoshlar borasida eng katta maqsadi nima ekanini ham aytib o‘tdi. 

- Mendan eng katta maqsad-muddaoing, baxting nima, deb so‘rasalaring, shunday degan bo‘lardim: yoshlarimizning dunyoqarashini jahon darajasiga ko‘tarish, ishli qilish, g‘urur-iftixorini yuksaltirish, oilaviy baxtini ko‘rish, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, przidentning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi 12-noyabr kuni erta tongda boshlangan edi. Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi hamda IT-Texnoparkda bo‘lgani, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tashkil qilingan Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga ham tashrif buyurgan edi.