15-alohida motoo‘qchi brigadasining tinchlikni saqlash bataloni mintaqada o‘t ochishni to‘xtatish bitimiga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 9-noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Yangi tartib 10-noyabr kuni moskva vaqti bilan 00.00da amal qilishni boshladi.
Kelishuvlarga muvofiq, hududlarning bir qismi (Kelbadjar, Agdam, Gazaxning bir qismi va Lochin tumanlari) Ozarbayjon nazoratiga o‘tmoqda.
Shuningdek, Boku va Yerevan o‘zaro harbiy asir almashinuvi jarayonini boshlashga ham rozi bo‘lishdi.
Tutashuv chiziqlarida shartlarga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish uchun rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi.