Terlash eng xavfli kasallik belgisi ekanligi aytilmoqda

Haddan ziyod berlash, mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, asosan tananing yuqori qismini qamrab oladi. Agar siz bu simptomni o‘zingizda aniqlagan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qilishingiz lozim, deya xulosa qilgan nashr.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Hech qanday aniq sababsiz terlash Parkinson kasalligidan darak beruvchi eng keng tarqalgan belgilardan biridir. Bu haqda Amerika Parkinson kasalligi assotsiatsiyasiga asoslanib Express xabar bermoqda.

Mirziyoyev kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga shifokorga murojaat etishni maslahat berdi

Nashrning ta’kidlashicha, belgilar, odatda asta-sekin rivojlanib boradi va unchalik jiddiy ko‘rinishda bo‘lmaydi.

Haddan ziyod berlash, mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, asosan tananing yuqori qismini qamrab oladi. Agar siz bu simptomni o‘zingizda aniqlagan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qilishingiz lozim, deya xulosa qilgan nashr.

Parkinson kasalligi – markaziy asab tizimining asta-sekin o‘sib boruvchi degenerativ kasalligi, uning asosiy belgilari gipokinesiya (organizmning harakatlar tempi va hajmi cheklanishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakat faolligi yetishmasligi holati), mushaklarning elastik emasligi (qattiqlashuvi), tana qismlarining o‘z-o‘zidan ritmik tebranish harakatlari va postural buzilishlardir.