O‘zbekiston va Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga yordam beradi

Ikki davlat yetakchilari telefon orqali muloqot davomida hududlar va biznes darajasida faol muloqotlarni davom ettirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratishgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayevning telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

"Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar", - deyilgan xabarda.

Xususan, O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlik "yo‘l xaritasi"ga kiritilgan ustuvor tarmoqlardagi iqtisodiy kooperatsiya loyihalarini yanada ilgari surish muhim ekani ta’kidlangan. Hududlar va biznes darajasida faol muloqotlarni davom ettirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezidentlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan MDH va ShHT doirasidagi muloqotni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar, deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

Qozog‘iston prezidenti rasmiy saytida aytilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy va insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga kelishgan.