Ashxobodda alabayga oltin haykal o‘rnatildi – foto

Ta’kidlanishicha, ushbu haykal davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan o‘rnatilgan. Haykalning umumiy balandligi 15 metrni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov alabay zotli itga o‘rnatilgan oltin haykal ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Turkmaniston davlat xabarlar agentligi “Türkmenistan bu gün” xabar qildi.

Ashxobodda alabayga oltin haykal o‘rnatildi – foto

Ta’kidlanishicha, ushbu haykalni o‘rnatish davlat rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Ashxobodda alabayga oltin haykal o‘rnatildi – foto

Haykalning umumiy balandligi 15 metrni tashkil etadi, shundan 6 metri alabaydir. Haykal har tomondan yaxshi ko‘rinadi va uni uzoqdan payqash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ashxobodda Velosiped monumenti ochilgani xabar qilingan edi.