O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi saylandi

Federatsiyasining Vlll qurultoyida Qudratilla Rafiqovning nomzodi Oqsoqollar Kengashi tomonidan tavsiya qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi lavozimiga bir ovozdan saylandi. Bu haqda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi axborot xizmati xabar qildi.

Federatsiyasining Vlll qurultoyida uning nomzodi Oqsoqollar Kengashi tomonidan tavsiya qilindi.

"O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib Qudratilla Mirsagatovich Rafikov bir ovozdan saylandi", - deyilgan xabarda.

Ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etgan.

Qudratilla Rafiqov 2016-yil dekabrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib saylangan edi. Unga qadar Federatsiyasi raisi lavozimida Tanzila Norboyeva ishlab kelayotgan edi.

Rafiqov mehnat faoliyati davomida qator davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1993-1998-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi muovini, 1998-yildan 2003-yilgacha Jizzax viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.