Almazbek Atambayev suddan uni hibsda qoldirishni so‘radi

2019 yilda Qo‘y-Toshda sodir bo‘lgan hodisalar ishi yuzasidan ayblanuvchilarga ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev suddan uni qamoqda qoldirishni so‘radi. Bu haqda siyosatchining maslahatchisi Kunduz Joldubayeva ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Bugun 2019-yilda Qo‘y-Toshda sodir bo‘lgan hodisalar ishi yuzasidan ayblanuvchilarga ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilgan. Jarayon yopiq tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Izolyator o‘zgardi: Atambayev ochlik e’lon qildi

“Suddan bitta iltimosim bor – meni hibsda qoldiring. Shundoq ham menga 11-yil berishdi, lekin menga qarshi birorta ham ko‘rsatma yo‘q. Vaqt hammasini isbotlaydi. Kanat Sagimbayev, Fariya Niyazov menga xiyonat qilmaganliklari tufayli o‘tirishibdi. Hammasiga bardosh beraman”, - deya Atambayevning suddagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan Joldubayeva.

Atambayev uning safdoshlari uy qamog‘iga o‘tkazilishi kerakligini aytgan.

Sobiq prezident Qirg‘iziston parlament saylovlaridan keyingi boshlangan norozilik namoyishi vaqtida 6-oktabr kuni SIZOdan ozodlikka chiqarilgan edi. Uni 10-oktabr kuni ommaviy tartibsizliklar uyushtirish jinoiy ishi doirasida qayta qo‘lga olishdi.

Qo‘y-Tosh voqealari

2019 yil 7-avgust kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Almazbek Atambayevni qo‘lga olish operatsiyasi amalga oshirildi. Biroq shturm uning tarafdorlari tomonidan qaytarildi. Bir nafar spesnaz xodimi halok bo‘ldi. Ushbu voqealar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va unda Atambayev va uning tarafdorlari ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.