Axborot urushi qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak – ekspert  

Qayerdadir olov yonayotgan bo‘lsa, siz o‘sha olov ichida emas, unga chetdan turib qarab turgan kishi bo‘ling. O‘shanda ko‘p narsani tezroq tushunasiz.
Sputnik

Bugungi kunda turli manbaalardan tarqalayotgan turlicha mazmundagi axborot oqimi insonga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Ulkan axborot bosimi ostida ruhiy sog‘liqni qanday saqlab qolish mumkinligi haqida MDH Aksilterror markazining Ilmiy-maslahat kengashi raisi Marianna Kochubey Sputnik radiosiga hikoya qilib berdi.

Zamonaviy ekstremizm - bu axborot urushining yangi rivojlanish darajasi desak bo‘ladi. Yoppasiga propaganda qilish, manipulyatsion texnikalardan foydalanish, turli ko‘rinishdagi media platformalaridan foydalanish – bularning barchasi bugungi kunda real tahdidga aylandi.

Bunday axbrot urushi qurbonlari kimlar bo‘lishi mumkin?

  • Birinchi navbatda bunday manipulyatsiyalar domiga uzoq vaqt ijtimoiy-axborot bosimi ostida bo‘lgan, “axborot kapsulasiga” kirib qolgan kishilar tushib qoladi;
  • Ikkinchidan, reallikdan uzoqlashib har narsaga ishonaveradigan bo‘lib qolgan odamlar

Xulosa shuki, bo‘layotgan voqealarga chetdan turib nazar tashlang. Ya’ni qayerdadir olov yonayotgan bo‘lsa, siz o‘zingizni o‘sha olov ichida emas, unga chetdan turib qarab turgan kishi deb tasavvur qiling. O‘shanda ko‘p narsani tezroq tushunasiz.

Eng asosiysi - sizga har axborot yetib kelsa-da, sog‘lom fikrni saqlab qoling. Bugungi kunda sog‘lom fikr – bu ruhiy sog‘lik demakdir, - deydi ekspert.

Marianna Kochubeyning to‘liq fikri bilan Sputnik podkastida tanishing.

Axborot urushi qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak – ekspert