Joriy yilning eng mashhur so‘zi ma’lum qilindi

“Lokdaun” so‘zi 2020-yilning asosiy so‘zi deb ataldi. U “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat’iy cheklov qo‘yish” ma’nosini anglatadi.
Sputnik

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Britaniyaning “Collins English Dictionary” lug‘ati “lokdaun” so‘zini 2020-yilning asosiy so‘zi deb atadi.

“Lokdaun” so‘zi “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat’iy cheklov qo‘yish” ma’nosini anglatadi.

U 2020-yilda 250 ming martadan ziyod ishlatilgan. Bu so‘z 2019-yilda atigi 4 ming marta ishlatilgan.

Pandemiyaga oid boshqa koronavirus, ijtimoiy masofa saqlash, o‘zini o‘zi yakkalash, majburiy haq to‘lanmaydigan ta’til (furlough) singari so‘zlari ham “Yil so‘zi” unvoniga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

2019 yilda “iqlim uchun kurash” (climate strike), 2018-yilda “bir marta foydalaniladigan” (single-use),  2017 yilda “yolg‘on xabar” (fake news), 2016-yilda “Breksit” (Brexit) yil so‘zi bo‘lgan edi.