TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarni Afg‘onistondagi vaziyat tashvishga solishda davom etmoqda, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Afg‘onistondagi vaziyat hali ham alohida tashvishga solmoqda. ShHT afg‘on do‘stlariga milliy kelishuvni izlash, uzoq muddatli va mustahkam tinchlikni o‘rnatish borasida yordam berish uchun ko‘p ish qilmoqda. ShHT-Afg‘oniston muloqot guruhi tuzilgan, uning doirasida tashkilotimizning afg‘on yo‘nalishidagi harakatlari bo‘yicha “yo‘l haritasi” ishlab chiqilib, qabul qilingan", - dedi Putin ShHT yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi qo‘shnilar bilan tinch-totuv yashaydigan, terrorizm, narkojinoyatchilikdan xoli, barqaror, xavfsiz davlat shakllanishi uchun Afg‘onistonga yordam berishga qaratilgan.