Motosikl poygachisi katta tezlikda temir to‘siqqa urildi - video

“Superbike” poygasi paytida 23 yoshli braziliyalik motopoygachi Mateus Barboza halokatga uchradi. Lavha Portal 6 YouTube-kanalida e’lon qilindi.
Sputnik

Musobaqa San-Paulu shahrida bo‘lib o‘tdi. Marraga 10 krug qolganida Barboza burilganda boshqaruvni yo‘qotib qo‘ydi - motosikl yo‘ldan chiqib ketib, katta tezlikda metall to‘siqqa urildi.

Poygachi motosikldan sakrab tushishga ulgurmadi, olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.