Zarafshonda ikkita yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH ro‘y berdi

56 yoshli va 25 yoshli avtobus haydovchilari o‘zaro to‘qnashib ketgan. YTHda yo‘lovchilardan biri shilinish yengil tan jarohati olgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ikkita avtobus to‘qnashdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 8-noyabr kuni 11-kichik tuman, “Jomiy” masjidi chorrahasida sodir bo‘lgan. 56 yoshli va 25 yoshli avtobus haydovchilari o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Zarafshonda ikkita yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH ro‘y berdi

To‘qnashuv natijasida yo‘lovchilardan biri shilinish yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.