Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul osh tarqatmoqda

Shifokorlar uchun osh “Do‘stlik” o‘zbek madaniy tashkiloti ko‘ngillilari tomonidan tayyorlanmoqda. Taomning birinchi porsiyasi 2-noyabr kuni pishirilgan bo‘lib, to‘rt kun ichida 1600 ta ovqat solingan konteyner tarqatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning Tomsk shahrida o‘zbek diasporasi vakillari koronavirus bemorlarini davolashga ixtisoslashgan kasalxonalarning xodimlariga osh pishirib tarqatmoqda.

TV2 nashri xabariga ko‘ra, ko‘ngillilar shifokorlarni milliy taom bilan ikki hafta siylashni rejalashtirgan.

Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul osh tarqatmoqda

Shifokorlar uchun osh “Do‘stlik” o‘zbek madaniy tashkiloti ko‘ngillilari tomonidan tayyorlanmoqda. Taomning birinchi porsiyasi 2-noyabr kuni pishirilgan bo‘lib, to‘rt kun ichida 1600 ta ovqat solingan konteyner tarqatilgan. Shuningdek, ular yana ikki ming porsiya osh, shuncha salat va 600 ta non tayyorlashni reja qilgan. Osh shahardagi 11 ta kasalxonaga tarqatilmoqda.

Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul osh tarqatmoqda

Ta’kidlanishicha, ushbu g‘oyani O‘ktam Mahmudov bildirgan, diasporaning qolgan a’zolari va uning rahbari Samatulla Ro‘ziyev yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlagan. Tomsklik o‘zbeklardan so‘ng Omsk va Kemerovadagi diaspora ham tibbiyot xodimlarini tushlik bilan mehmon qilishni boshlagan.

Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul osh tarqatmoqda

“Insoniyat uchun o‘z kuchi va sog‘lig‘ini, shuningdek, hayotini berib, tinim bilmayotgan insonlarga hurmatda bo‘laylik. Oylik bu boshqa, bu mehnat uchun haq. Bunday usulda minnatdorchilik bildirish esa boshqacha. Shifokorlar xursand, biz ham ularga yaxshilik qilganimizdan shodmiz. Bu kabi og‘ir vaziyatda bir-birimizga yordam berishimiz muhimdir”, — deydi Samatulla Ro‘ziyev.

“Hozirgi murakkab, bunday og‘ir sharoitlarda ishlayotgan tibbiyot xodimlarimizga yordam ko‘rsatayotgan loqayd bo‘lmagan va minnatdor kishilarning madadini his etish yoqimli”, - dedi shaharning Tez tibbiy yordam kasalxonasi bosh hamshirasi Svetlana Mishkina “Tomsk” televideniyesiga bergan intervyusida.

Qayd etish joizki, avvalroq o‘zbek diplomatlari Moskva shifokorlariga osh tarqatishgan edi. "Hayotni saqlab qolganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida mazali taomlarning bir qismi Moskvadagi turli tibbiyot muassasalarida ishlaydigan ko‘plab shifokorlarga topshirilgan edi.