Habib kim kelajakda yengil vaznda UFC qiroli bo‘lishini aytdi

Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov kelajakda kim divizion yetakchisiga aylanishi mumkinligini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov kelajakda kim divizion yetakchisiga aylanishi mumkinligini aytdi.

Habibning so‘zlariga ko‘ra, undan keyin rossiyalik Islom Maxachev UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritishi mumkin.

"Yengil vaznning navbatdagi qiroli", - deb yozgan Nurmagomedov Maxachev va braziliyalik Rafayel dus Anjus o‘rtasidagi uchrashuvni e’lon qilgan post ostida.

Rossiyalik jangchi Islom Maxachev MMA bo‘yicha 19 jangdan 18tasida g‘alaba qozondi. Bitta jang sportchining mag‘lubiyati bilan tugadi.

O‘z navbatida, Rafayel dus Anjus 29 ta jangda g‘alaba qozonib, 13 tasida mag‘lubiyat alamini tortgan (jami 42 ta jang).