Eron Tramp ketgandan so‘ng qo‘shni mamlakatlarga hamkorlik qilishni taklif qildi

Eron tashqi ishlar vaziri qo‘shnilarni Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimidan ketgandan keyin hamkorlik qilishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif mintaqa mamlakatlarini Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimidan ketgandan keyin hamkorlik qilishga chaqirdi.

“Tramp ketdi, lekin biz qo‘shnilarimiz bilan qolamiz”, - deya yozdi Zarif Twitter᾽dagi sahifasida.

“Xalqlarimiz va mamlakatlarimiz umumiy manfaatlarini ta’minlash uchun qo‘shnilarimizga hamkorlik qo‘lini cho‘zamiz. Hammani muloqotga chaqiramiz, zero bu qarama-qarshilik va keskinlikni hal qilishning yagona yo‘lidir”, - deya ma’lum qildi Eron vaziri.

Toqayev va Nazarboyev Baydenga tabrik yo‘lladi

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy ularni “tomosha va liberal demokratiyaning xunuk qiyofasi” deb atadi. Bunga javoban AQSh davlat kotibi Erondagi “saylovlarda yuzlab kishilar hattoki o‘z nomzodini ilgari sura olmasligini” bayon qildi.

Ovozlarni hisoblash davom etmoqda, biroq yetakchi Amerika OAVlari saylovda Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilishdi. Shundan so‘ng Bayden o‘zini Amerikaning yangi saylangan prezidenti deb e’lon qildi.

O‘z navbatida, xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenga saylovda g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘llashni boshlab yuborishgan. Kanada bosh vaziri Jastin Trudo, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg shular jumlasidan.