TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘an Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni hal qilish uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida taklif kiritdi, deb xabar qildi CNN Turk telekanali.
Shanba kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari telefon orqali Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishdi. Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, ular mintaqadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga erishish maqsadida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi va tegishli takliflar bildirildi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin Erdog‘anning taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Nashr manbasi ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda Qorabog‘ inqirozi bo‘yicha muzokaralar ikki tomonlama formatga o‘tishi mumkin, bu YeXHTning Minsk guruhi ishidan tashqarida ishlaydi.
Shuningdek, yangi guruh sulhdan keyingi choralar va siyosiy kelishuv jarayoni ustida ish olib borishi kutilmoqda.