Bayden shtabi uni AQShning saylangan prezidenti deb tan olish to‘g‘risida so‘rovnoma yubordi

Jozef Bayden shtabi vakillari AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasiga siyosatchini Amerikaning saylangan prezidenti deb tan olish to‘g‘risida so‘rovnoma yubordi.
Sputnik

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden shtabi vakillari AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasiga siyosatchini Amerikaning saylangan prezidenti deb tan olish to‘g‘risida so‘rovnoma yubordi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar qildi.

Hujjatda yozilishicha, Baydenning saylovlardagi g‘alabasi mustaqil tasdig‘ini topgan. Shtab idora kechiktirmay Bayden va Kamala Harrisni mamlakat prezidenti va vitse-prezidenti deb tan olishiga umid bildirgan.

Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

Shuningdek, so‘rovnomada hozir AQSh iqtisodiy manfaatlari va mamlakat milliy xavfsizligi federal hukumat zudlik bilan xalq istagini bajarish va hukumatni beg‘alva topshirishni amalga oshira olish yoki olishmasliga bog‘liq ekani ta’kidlangan.

Avvalroq “Politico” gazetasi AQSh Umumiy xizmatlar boshqarmasi rahbari Emili Merfi Baydenning saylovlardagi g‘alabasini tan olishdan bosh tortayotganini xabar qilgan edi. Ekspertlarning tushuntirishicha, uning roziligisiz Bayden moliyaviy resurslarga ruxsat ololmaydi.

Amerika OAVlariga ko‘ra, prezident saylovlarida demokrat Jo Bayden g‘alaba qozondi. U o‘zini allaqachon g‘olib deb e’lon qildi. Amaldagi mamlakat prezidenti Donald Tramp mag‘lubiyatini tan olmadi. Uning advokatlari turli shtat sudlariga ovozlarni sanashni to‘xtatish va taxmin qilingan qonunbuzarliklarni surishtirishni talab qilib da’vo arizasini kiritmoqda.

Qonunga binoan saylangan prezident 2021-yil 20-yanvarda vazifalarini bajarishga kirishishi lozim.