TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Ai-95 markali benzin narxi arzonlashadi. Bu haqda “UNG Petro” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
10 noyabrdan boshlab “O‘zbekneftgaz” AYoQShlardagi import qilingan Ai-95 narxi 6600 so‘mdan 6300 so‘mga arzonlashtiriladi.
“Bizni korxona bozor munosabatlariga to‘liq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi” – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori M.Musayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1-noyabrdan dizel yoqilg‘isi arzonlashtirilgani xabar qilingan edi.