Qashqadaryoda pandemiya vaqtida vafot etgan tibbiyot xodimlarining ismlari oshkor qilindi

Qashqadaryo viloyatida koronavirus pandemiyasi vaqtida 27 nafar tibbiyot xodimlari vafot etgan. Ularning kasb bayramlari kuni hokimlik oila a’zolariga bir martalik pul berdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimligi Tibbiyot xodimlari kunida koronavirus pandemiyasi vaqtida vafot etgan shifokorlar va hamshiralarning ism-sharifini ma’lum qildi.

Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashgan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

Ro‘yxatda jami 27 nafar tibbiyot xodimlarining ismlari keltirilgan. Pandemiya paytida vafot etganlar orasida 1995-1985 yillarda tug‘ilganlar bo‘lgan.

“Insonlar salomatligi yo‘lida jonlarini fido qilgan shifokor va hamshiralarimizning oila a’zolariga ajratilagan bir martalik yordam pullari bugunni o‘zida yetkaziladi”, - dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev.

Bir martalik yordam pullari shifokorlarga 10 mln so‘mdan, hamshiralarga 5 mln so‘mdan beriladi.

“Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida o‘qib, umrini shu kasbga bag‘ishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1995-1985 yillarda tug‘ilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini o‘rganishga bag‘ishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi. Afsus... Ularning jasorati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi”, - dedi hokim.

Ta’kidlash joizki, ushbu tibbiyot xodimlari aynan qaysi kasalliklardan vafot etganligiga oydinlik kiritilmagan.

Ular:

1. Nurmatov Sherali Nazarovich - Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

2. Muzaffarov Raul Kamolovich - Viloyat sanitariya-epedimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epedimiologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

3. Ko‘charov Xo‘ja Umarovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

4. Yakubov Kengboy Ibragimovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori bo‘lib ishlagan. Koson tumani.

5. Boymurodov Xanjar Boxorovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

6. Imomov  Buron  Buriyevich - Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.

7. Vazirov Bekmurod Ma’diyevich - Viloyat 1-son asab-ruxiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

8. Abiraxmatov Parda Xaitovich - G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi, Qovchin QVP umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

9. Rahimov Sayfulla Karimovich - G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

10. Ko‘chimova Setora  Eraliyevna - G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi xamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

11. Elmurodova Elnora Nuriddin qizi - G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi xamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

12. Toshpo‘latova Saodat Tojiyevna - G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi xamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

13. Chaqqonova Barno Muxiddinovna - G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi orastabonusi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.

14. Ismatova Maxbuba O‘rinovna - Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 2020-yil vafot etgan. Qarshi tumani.

15. Omonova Navbaxor Raxmatullayevna - Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

16. Xudoyberdiyeva Dilbar Rahmanovna - Qarshi ko‘p tarmoqli markaziy  poliklinikasi immunolog vrachi bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.

17. Jo‘rayev Baxodir Kenjayevich - Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.

18. Qo‘shoqov Husan Pardayevich - Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

19. Saodatov Bobomurod Qaxxarovich - Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj xamshirasi bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

20. Utanov Qulmuxammad - Dehqonobod ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.

21. Ibragimov Ashur Rahmatullayevich - Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj xamshirasi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.

22. Suyunov Baxtiyor Turdiyevich - Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYo bo‘limi vrachi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.

23. Xidirova Xadicha Nazarovna - Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.

24. Nazarov Mamayoqub Usmonovich - Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori bo‘lib ishlagan. Kitob tumani.

25. Ashurov Tulqin Abdullayevich - Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.

26. Ismoilova Shoira Negmatovna - Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz shahri.

27. Fayziyev Shukrullo - Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediator shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz tumani.

Yuqorida ismlari keltirilgan xodimlar 2020-yilda vafot etgani ko‘rsatilgan, ammo vafot sanasi keltirilmagan.